Van Basten: "Messi oldingi safda urushga kiradigan odam emas"

  • 12 iyul, 2022, 20:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya futboli afsonasi Marko van Basten Lionel Messi hamda Diego Maradonani solishtirdi.

Tecno

"Menimcha, tarixdagi eng buyuk 3 futbolchi - Pele, Maradona hamda Kroyff. Bolaligimda Yoxan Kroyffga o‘xshashni orzu qilardim. U mening do‘stim edi. Yoxanni sog‘inaman.

Pele va Maradona aql bovar qilmas darajadagi futbolchilardir. Messi ham ajoyib o‘yinchi, ammo Maradona har doim o‘z jamoasida kattaroq shaxs bo‘lgan. Leo oldingi safda urushga kiradigan odam emas",-dedi van Basten "France Football" nashriga.

Marko 14 yillik professional faoliyati mobaynida 280 o‘yinda maydonga tushib, 218 gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!