Varan kelasi o‘yinda "Real"ga yordam berolmaydi

  • 3 iyul, 2020, 18:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid himoyachisi Rafael Varanning jarohati jiddiy ekani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, frantsiyalik futbolchi La Liganing o‘tgan turida “Xetafe”ga (1:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan va uchrashuvni yakunlay olmagan edi.

El Transistor nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli Varan bo‘ynida og‘riq his qilmoqda. Shu bois u navbatdagi turda “Atletik” Bilbaoga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Varan joriy mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

"Atletik" - "Real" uchrashuvi 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!