
Vaydenfeller faoliyatini yakunlash niyatida emas
Dortmundning “Borussiya” klubi darvozaboni Roman Vaydenfeller hozircha faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayabdi.
“Men futboldan zavq olyapman va ayni damda faoliyatimni yakunlashim uchun jiddiy bir sabab ko‘rmayapman”, - deydi 36 yoshli golkipper Bild nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Vaydenfeller “Borussiya D” darvozasini 2002 yildan buyon qo‘riqlab kelmoqda. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar