"Vazn poygasi" sportchilarning o‘limiga sabab bоlyaptimi?
UFC jangchisi Allan Nasimentoning fojiali o‘limidan so‘ng "vazn poygasi"ning xavfliligi haqidagi gaplar yana avj ola boshlandi. Garchi braziliyalikning o‘limi sabablar ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ba’zi shifokorlar aynan shu fikrni ilgari surmoqda.
Bilmaganlar uchun ma’lumot: 1988 yilgacha aynan jang kuni tarozidan o‘tilardi. Jarayon taxminan soat 12:00 da o‘tkazilsa, kechqurun sportchilar ringga chiqishardi.

Siz suratda ko‘rib turgan bokschi (chapda) – 21 yoshli Tommi Hyorns. U 66 kg da chempionlik jangida ishtirok etyapti. Bu 185 santimetrlik mushakli charm qo‘lqop ustasi o‘z vaznida harakat qilganiga ishonasizmi? "The New York Times" nashrining yozishicha, u ertalab saunada o‘tirib, so‘nggi kilogrammini erib ketgunicha tashlagan. Soat 12:00 da vazn o‘lchab, taxminan 22:00 – 23:00 da jahon chempioni bo‘lgan.
Yana bir bor: suratda bir xil vazndagi ikki bokschi jang kuni vazn o‘lchashdi. Bu Hyornsni genetik ustunlikdan mahrum qildimi?! Yo‘q. Biroq, bu sog‘liq uchun xavflarni bir necha barobar oshirdi, chunki orqa miya suyuqligi yo‘qolishi fonida miya zarbalarni yana-da qattiqroq his qiladi.

Fikrlar