Venger: "PSJning barcha futbolchilarida men havas qiladigan umumiy mahorat bor"

  • 12 iyul, 23:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger PSJ futbolchilari haqida yuqori bahosini berdi.

Tecno

"Hozir futbolda natijani ko‘p hollarda pas sifati hal qiladi. Biroq PSJ futbolchilarida men havas qiladigan umumiy jihat bor — ularning barchasi driblyorlar. Ular raqibni mahorat bilan aldab o‘tib, shundan so‘ng pas ham bera oladi.

Dembele, Barkolya, Due — ularning barchasi driblingga intiluvchan. Ular hech narsadan qo‘rqmaydi. Mana shunday hukmron jamoani kuzatish juda qiziq" — deya ta’rifladi frantsiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar joriy mavsumda Superkubok, Frantsiya Kubogi, Liga 1 va Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan. Klub 13 iyul kuni bo‘ladigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!