
Viktor Kumikov: Kubok bahslarida barcha jamoalarning imkoniyatlari teng
Yaqinda O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi guruh bahslariga qur’a tashlanganidan xabardorsiz. Unga ko‘ra, Superligada hali g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan “Andijon” “A” guruhida AGMK, “Metallurg” va “Navbahor” bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Bu borada andijonliklar ustozi Viktor Kumikov quyidagilarni aytdi:
- Kubok va chempionat bahslari bir-biridan farq qiladi. Biz esa, O‘zbekiston Kubogida yaxshiroq natijalar ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz. Umuman olganda, guruhimizda barcha ishtirokchilarning imkoniyatlarini teng baholagan bo‘lardim. Har bir jamoada keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor. Muhimi, futbolchilarimizni uchrashuvlarga munosib tayyorlashga harakat qilamiz. O‘ylaymanki, Kubok doirasida ham qiziqarli o‘yinlarning guvohi bo‘lamiz, - dedi Kumikov.
Fikrlar