Vinisius golsiz seriyasiga chek qoʻydi
Ayni damda Ispaniya La Ligasi 22-turi doirasida "Real" - "Rayo Valyekano" bahsi bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuvning 15-daqiqasida Vinisius Zhunior gol urib, hisobni ochdi.
Shu tariqa, Vinisius Ispaniya chempionatidagi uzoq davom etgan golsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Braziliyalik futbolchi chempionatda oxirgi marta 120 kun oldin - 4 oktyabrda gol urgan edi. Uning bu seriyasi 13 ta o‘yindan iborat bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum chempionat doirasida 21 ta bellashuvda qatnashib, 5 ta gol urdi va 6 ta assistni amalga oshirdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Real Madrid
- Vinicius Junior 15'
- Kylian Mbappé 90'
Tugadi
2
:
1
01.02.2026 18:00
Rayo Valekano
- Jorge de Frutos 49'
Fikrlar