Vinisius joriy mavsum nechta sariq kartochka olganini bilasizmi?

  • 6 fevral, 10:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vinisius Junior mavsumdagi 11-sariq kartochkasini oldi. 

"Real" vingeri "Leganes"ga qarshi uchrashuvning 82-daqiqasida hakam bilan bahslashgani uchun sariq kartochka oldi. Braziliyalik futbolchi hujum chog‘ida qo‘pol o‘ynadi va bosh hakam Xaver Alberola Roxas ushbu vaziyatda fol qayd etdi. 

Bu 24 yoshli futbolchining joriy mavsum barcha turnirlardagi 11-sariq kartochkasi bo‘ldi. 

Madrid klubi, "Leganes"ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!