
Vinisius mashg‘ulotlarga qaytdi
"Madrid"ning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior jarohatidan so‘ng safga qaytdi. U "Atletiko" bilan o‘yin oldidan engil jarohat olgan edi.
Jurnalist Melchor Ruizning xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"ning bugungi mashg‘ulotida ishtirok etgan. Malum bo‘lishicha, Vinisius Ispaniya La ligasining navbatdagi o‘yinida, ya’ni, "Jirona"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq markaziy himoyachi Nacho Fernandes “Jirona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Vinisius joriy mavsum La Ligada 14 bahsda qatnashib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar