Vinisius Mbappening pullari tufayli “Real”dan ketishi kutilyapti

  • 23.09.2025 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ning braziliyalik yulduzi Vinisius Junior o‘zining jamoadagi mavqeidan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda Tribal Football nashri ma’lumot tarqatdi.

25 yoshli futbolchini jamoaning frantsiyalik legioneri Kilian Mbappe undan ko‘p maosh olayotgani qoniqtirmayapti. Vinisius klub rahbariyatidan uning ham maoshini kamida Mbappeniki bilan tenglashtirishni talab qilmoqda.

“Real” va Vinisius Junior o‘rtasida hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar anchadan beri davom etib kelmoqda, lekin tomonlar bir to‘xtamga kela olgani yo‘q. Asosiy muammolardan biri klub rahbariyati braziliyalik o‘yinchining maosh bo‘yicha talabini qondirishga ko‘nmayotganidir.

Manbaning ma’lum qilishicha, Vinisius Junior qishki yoki yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi aytilyapti. Bosh murabbiy Xabi Alonso esa, yangi mavsumdan Vinisius va Rodrigo Goes o‘rtasida raqobat uyg‘otdi. Bu qaror doim boshlang‘ich tarkibda o‘ynab kelgan Vini endi hujumning chap qanotini egallash uchun doimiy ravishda o‘z hamyurti bilan raqobatlashishini bildiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!