
Vinisius: "Oltin to‘p"ni Bellingemga bergan bo‘lardim"
Braziliya terma jamoasi hamda "Real" klubi futbolchisi Vinisius Junior "Oltin to‘p" haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men "Oltin to‘p"ni Bellingemga bergan bo‘lardim. Hozirda mendan ko‘ra u bunga haqliroq", - dedi Vini.
Ayni vaqtga kelib, "Goal.com" talqiniga ko‘ra, Madrid klubi futbolchilari 2024 yilgi sovrin uchun ro‘yxatda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar