Vinisius yakuniy qarorga keldi
Vinisius Juniornig kelajagi muhokama mavzusi boʻlib qolmoqda, chunki uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yarim yildan kamroq vaqt qoldi.
Defensa Central nashrining xabar berishicha, Vinisius kelajagi haqida bir qarorga kelib boʻlgan. Braziliyalik futbolchi har qanday holatda ham "Real"ni tark etishni istamayapti. Vinisius Madrid grandi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga umid qilmoqda.
"Vinisius "Real" futbolchisi boʻlish u bilan sodir boʻlgan eng yaxshi narsa, degan xulosaga keldi va u bu tuygʻudan voz kechmoqchi emas", - deyiladi xabarda.
Vinisius Junior 2025/2026-yilgi mavsumda 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Fikrlar