Virusolog Olimpiadani koronavirusdan himoya qilish modelini taklif etdi

  • 10.12.2020 18:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xitoylik epidemiolog Chjan Venxun yirik xalqaro tadbirlar, masalan Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishda Shanxay import ko‘rgazmasini tashkil etishdagi tajribani qo‘llash mumkin, deb hisoblaydi.

Tecno

Ekspert Xitoydagi ushbu ko‘rgazma 5 noyabrdan 15 noyabrgacha davom etganligi, bu erda 1,3 million mehmon qabul qilinganligini yodga soldi. Tashkilotchilar epidemiolik himoyaning maxsus modelini qo‘llaganliklari natijasida koronavirus o‘choqlari paydo bo‘lishga yo‘l qo‘yishmagan.

Chjan Venxun Yaponiya ma’murlariga 2021 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishda Xitoy tajribasidan foydalanishni taklif etdi. Mutaxassisning fikricha, chet eldan kelayotganlarning hammasini samolyotga chiqishda testdan o‘tkazish va ularni ikki haftalik karantinga joylashtirish samarali bo‘lgan. Uning fikricha, bunday yondashuvni Olimpiya o‘yinlariga keladigan sportchilarga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!