
"Vulverxempton" o‘zida kichik Portugaliya terma jamoasini shakllantirishni davom ettirmoqda
“Vulverxempton” klubi “Olimpiakos” yarim himoyachisi Daniel Podense bilan shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli portugaliyalik futbolchi APL klubi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi esa “Vulverxempton”ga 21 mln funtga tushgani aytilmoqda.
E’tiborlisi, Podense “Vulverxempton” safidagi 8-portugaliyalik futbolchiga aylandi. Boisi, undan tashqari jamoada darvozabon Ruy Patrisiu, himoyachi Ruben Vinagre, yarim himoyachilar Brunu Jordau, Joau Moutinyu, Ruben Nevesh, hujumchilar Pedru Netu va Diogu Jota kabi portugaliyalik futbolchilar ham to‘p surib kelmoqda. Bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu ham portugaliyalik hisoblanadi.
Daniel yangi jamoasida o‘ziga 10-raqamni tanladi.
Fikrlar