
"Vulverxempton"dagi portugaliyalik futbolchilar soni 11 taga etdi!
"Vulverxempton" o‘zining rasmiy saytida "Portu" yarim himoyachisi Vitinya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, APL klubi 20 yoshli portugaliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olgan.
Vitinya “Portu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu kungacha asosiy jamoada 12 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta golga assistentlik qilgan. Uning transferi esa 5 mln evroga baholanmoqda.
Vitinya "Vulverxempton"dagi 11-portugaliyalik futbolchi bo‘ldi.
Fikrlar