WSB: Butunjahon boks seriyasining navbatdagi mavsumiga fevralda start beriladi

  • 5 noyabr, 2016, 12:20
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks seriyasining (WSB) navbatdagi VII mavsumiga noyabr oyida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Dekabr oyida musobaqaga ishtirok etuvchi jamoalarga bokschilar tanlab olinadi va pley-off bellashuvlari o‘tkaziladi.

Tecno

Shundan so‘ng musobaqaning final bosqichiga yo‘l jamoalarga aniqlik kiritilib, 2017 yil iyun oyida g‘olib jamoa nomi ma’lum bo‘lishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumdan o‘z ishtirokini boshlagan Uzbek Tigers” jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilib, musobaqaning yarim finaliga qadar etib kelgan.

Bundan tashqari 4 iyun kuni VI mavsum final bahslariga Toshkent shahri mezbonlik qilgan. “O‘zbekiston” sport majmuasidagi final janglarida Kubanning “Cuba Domadores” jamoasi Buyuk Britaniyaning British Lionhearts jamoasi bokschilarini 9:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

>>> Final janglaridan fotoreportaj

Ma’lumot uchunWSB butun dunyoda 10 vazn toifasida eng yaxshi havaskor bokschilar o‘rtasida professional darajadagi musobaqa hisoblanadi. WSBning barcha bokschilarida o‘z yurti sharafini himoya qiladi. Har bir jangda g‘oliblar professional boksdagi kabi uchta hakam tomonidan qo‘yilgan ochkolar bo‘yicha aniqlanadi. Shuningdek, bunda nokaut, texnik nokaut yoki rad etish ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!