Xabi Alonso "Chelsi" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodga aylandi

  • 11.05.2026 19:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabi Alonso "Chelsi" bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar bo‘lib turibdi. "iPaper" nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis nomzodini London klubi rahbariyatidagi bir qator shaxslar qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek, "Chelsi" Alonsoga transferlar va jamoa tarkibini shakllantirish masalasida keng vakolatlar berishga tayyor. Xabi Alonso yanvar oyi o‘rtasida "Real Madrid"dan ketganidan beri hech qaysi klubda ishlamayapti.

"Chelsi" esa yaqinda bir necha oy ishlagan Liam Rosenyor bilan xayrlashgandi. Hozirda londonliklar Angliya Premier-ligasi jadvalidа to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!