Xabi Alonso "Talavera"ga qarshi bahsdan so‘ng jamoaning o‘yini va Mbappening harakatlarini baholadi
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya Kubogi 1/16 finali doirasida "Talavera"ga qarshi o‘yin (3:2) haqida fikr bildirdi.
— Kubokda bunday holatlar uchrab turadi. Bu biz bilan ham bo‘ldi, men bunday vaziyatlar boshqa jamoalarda ham sodir bo‘lishini ko‘rganman. Hisob 3:1 bo‘lganidan keyin ham biz fol qildik, raqib bitta to‘pni qaytardi va bosimni kuchaytirdi, o‘yinga qaytdi. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, ammo 3:0 qilish uchun imkoniyatlar bo‘lsa-da, foydalana olmadik. Shu sabab intriga saqlanib qoldi.
Bu juda qiziqarli kubok o‘yini bo‘ldi. Vazifa bajarildi, endi keyingi uchrashuv haqida o‘ylaymiz.
Mbappe haqida
— U gollari bilan hal qildi. Unga doim gol urish oson bo‘lgan.

Natijadan qoniqish haqida
— Bizning asosiy maqsadimiz — rivojlanish. Biz bu yo‘lda allaqachon oldinga qadam tashladik, shuning uchun qoniqdim va xursandman. Bizga o‘yin davomida barqarorlik va uyg‘unlik etishmadi. Etarlicha etuk harakat qilishimiz va hech qanday yomon holat bo‘lmaydi, deb o‘ylamasligimiz kerak edi.
Endi yagona maqsadimiz — "Sevilya"ga qarshi o‘yin. Yilni yaxshi yakunlash uchun bizga uch ochko kerak. Keyin esa qisqa tanaffus qilib, kamchiliklar ustida ishlashni davom ettiramiz, — dedi Alonso.


Fikrlar