Xabib Nurmagomedov Fergyusonni inson sifatida xurmat qiladimi?
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov keyingi raqibi Toni Fergyuson haqida nimani o‘ylashini aytdi.
"Bu UFC, muxlislar, men va Toni uchun juda muhim jang. Biz jang qilish uchun shartnoma imzoladik, umid qilamanki, aprel oyida ushbu to‘qnashuv albatta bo‘lib o‘tadi.
Menda u uchun shaxsiy adovat yo‘q. Toni ajoyib jangchi. Inson sifatida esa uni yoqtirmayman. Uning miyasida nima borligini, uning boshida qanday fikrlar borligini tushunmayman.
Barcha diqqat e’tiborim jangga qaratilgan. Oktagonning eshigi yopilishi bilan men o‘zimning ishimni qilaman ”,- dedi Xabib.
Eslatib o‘tamiz: Xabib va Fergyuson jangi 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar