Xabib va Konorning revansh jangi ham bo‘ladi
UFC prezidenti Dana Uayt Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov o‘rtasidagi revansh jangini tashkil qilish sharti haqida gapirdi.
"Konor “Kovboy”ni mag‘lub qilishi kerak - buni uddasidan chiqish juda qiyin bo‘ladi. Ayniqsa yarim o‘rta vaznda. U erda Cerrone vaznini ko‘tarishi shart emas.
Xabib esa Toni Fergyusonni engishi kerak.
Agar ikkalasi ham g‘alaba qozonsa, unda biz revanshni tashkil qilishimiz mumkin deb o‘ylayman ”, - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz: MakGregorning navbatdagi jangi 18 yanvar kuni Las-Vegasda UFC 246 turnirida Donald Serronega qarshi bo‘lib o‘tadi.
Nurmagomedov esa 18 aprel kuni Nyu-Yorkda Toni Fergyuson bilan jang qiladi.

Fikrlar