Xames "Real" mashg‘ulotlariga qo‘shildi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Atletiko” va “Napoli” klublaridan biriga o‘tishi aytilmoqda. Biroq, neapolliklar uni 50 mln evro evaziga to‘liq sotib olishmoqchi emas, ular ijaraga olishmoqchi. “Real” esa bunga rozi bo‘lmayapti.
Klub prezidenti Florentino Peres esa Xamesni “Atletiko”ga sotishni xohlamayapti.
Ma’lumot uchun, Xames o‘tgan so‘nggi 2 mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazdi. U o‘tgan mavsum Bundesligada jami 20ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar