
Xamzat Chimaevmi yoki Dyu Plessi? Israel Adesanya javob berdi
O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Israel Adesanya janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi va chechenistonlik Xamzat Chimaev o‘rtasidagi bo‘lajak jang uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Xamzat agar 1-2-raundlarda g‘alaba qozona olmasa, keyin Drikus unga imkon bermaydi, deb o‘ylayman. Bu bahs haqiqiy ma’noda super to‘qnashuvga aylanishi aniq" - deya Adesanyaning so‘zlarini keltirdi "Sportskeeda".
Eslatib o‘tamiz, Chimaev va Dyu Plessi qarama-qarshiligi 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar