Xamzat Chimaevning faoliyatidagi eng qiyin raqib kim edi?
UFC ning o‘rta vazn (84 kg) chempioni Xamzat Chimaev faoliyatidagi eng qiyin raqib kim bo‘lganini aytdi.
“Kim eng qiyin va noqulay raqibim edi? Menimcha, bu - o‘zim. Ba’zi paytlarda murabbiylarimni tinglamadim. Hatto ayrimlari ziddiyatlar yuzaga keldi. Shu davr - men uchun eng og‘iri bo‘lgandi. Hayotimda tartibsizlik ko‘payib ketdi. Masalan, Kamaru Usman bilan jang oldidan men boshqa joyga ko‘chib o‘tgandim, jamoam esa yo‘q edi — uni boshqatdan yig‘ishga majbur bo‘ldim. Ba’zi odamlar esa meni muhim paytlarda sotib ketishdi”, — dedi chechen Aslanbek Badaevning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xamzat Chimaev oxirgi jangida janubiy afrikalik Drikus dyu Plessini mag‘lub etib, yarim o‘rta vaznda chempionga aylangandi.
Fikrlar