
Xavi, Xabi Alonso va Raul murabbiylik litsenziyalarini qo‘lga kiritishdi
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan bir guruhi UEFAning murabbiylik bo‘yicha Pro litsenziyasini olishdi.
Bular Xavi, Viktor Valdes, Raul, Xabi Alonso Joan Kapdevila, Julio Baptista, Esteban Kambyasso va Alberta Rieralardir.
Eslatib o‘tamiz, Xavi ayni damda Qatarning “Al Sadd” klubini boshqarmoqda. Biroq, u yaqin kelajakda “Barselona”ni boshqarish niyatida. Raul esa "Real"ning ikkinchi jamoasini, Xabi Alonso esa "Real Sosedad"ning o‘rinbosarlar jamoasini boshqarmoqda.
Fikrlar