Xavi “Barsa”dan ketib, qaerga borishi ma’lum bo‘ldi

  • 3 fevral, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Ernandes  “Barselona”ni o‘tgan mavsum Ispaniya chempioniga aylantirganiga qaramay, jamoani tark etadigan bo‘ldi.

Bunga kataloniyaliklar o‘yinida o‘sish kuzatilmayotgani, natijalar pasayib borayotgani, klub rahbariyatida Xavining murabbiylik salohiyatiga shubha uyg‘ongani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis “Barsa”ni mavsum oxirida tark etishi haqiqatga yaqin. Buni hamma qabul qilib bo‘lgan.

Transfer News Live nashri taniqli jurnalist Xavi Migelga tayanib, Xavi Ernandes “Barselona”dan ketganidan keyin nima qilishi haqida ma’lumot tarqatdi. Rejaga ko‘ra, Xavi bir yil dam oladi. Undan keyin u murabbiylik salohiyatini Angliya Premer-ligasida sinab ko‘rmoqchi.

Bundan tashqari, Xavi murabbiylik ishini Ispaniya chempionatida ham davom ettirishi mumkin. Biroq endi u boshqa jamoani boshqarmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!