
Xavi kerakmi, ko‘proq to‘lang!
“Al-Sadd” bosh murabbiy Xavi Ernandesni “Barselona”ga bermayapti. Avvalroq, kataloniyaliklar murabbiy transferi uchun 1 million evro badal puli to‘lashi kerakligi aytilgandi.
Biroq, amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Qatarliklar kataloniyaliklarga bosim o‘tkazyapti. Ular muzokaraga “Barselona” prezidenti Joan Laportaning shaxsan o‘zi kelishini istagandi. Lekin “Barsa” xo‘jayini Qatarga qadam bosmadi.
Endi “Al-Sadd” mavsumning muhim pallasida Xavini qo‘yib yubormaymiz, degan iddaoni o‘rtaga tashlayapti. “Barselona”ning murakkab ahvolda ekanini inobatga olgan arablar badal puli besh baravar oshirib, Xavi kerak bo‘lsa, 5 million evro to‘lash shartligini uqtirmoqda.
Xavining “Al-Sadd” bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar