
Xavi "Milan" futbolchisiga qo‘ng‘iroq qildi va ...
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Milan"ning ivuarlik yarim himoyachisi Frank Kesse bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Jurnalist Jerar Morenoning ma’lum qilishicha, ispaniyalik murabbiy yozda “rossonerilar” bilan shartnomasi tugaydigan futbolchi bilan ehtimoliy transferni muhokama qilgan. Shu tariqa yarim himoyachi “Barselona”ga tekinga o‘tishi mumkin.
Kessening o‘zi ham Xavi qo‘l ostida ishlashga qiziqib qolgan. Unga shuningdek “Barselona” klubi va shahri ham juda yoqadi.
25 yoshli Kesse joriy mavsum «Milan» safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar