
Xavi murabbiy sifatida 3-sovrinini qo‘lga kiritdi
Xavi boshqaruvidagi “Al-Sadd” finalda “Al-Arabi” klubini 4:0 hisobida engib, Ooredoo kubogini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, bu Xavi uchun murabbiylik faoliyatidagi 3-sovrin bo‘ldi.
“Al-Sadd”ni 2019 yilning mayidan buyon boshqarib kelayotgan ispaniyalik mutaxassis bungacha shayx Yassim kubogi hamda Qatar shahzodasi kubogida zafar quchgan edi.
Fikrlar