Xavi: Omadimiz kelmayapti

  • 15.12.2021 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Evropa ligasining 1/16 final bosqichida “Napoli” bilan bo‘ladigan o‘yinlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Omadimiz kelmayapti. Bu o‘yin Maradona uchun yana bir ehtirom bo‘ladi. Biz eng yuqori saviyada o‘ynashimiz kerak, chunki "Napoli" Chempionlar ligasi darajasidagi jamoa.

Bu o‘yinga hali ikki oy bor, umid qilamanki, o‘sha vaqtga kelib biz hozirgidan ham yaxshi holatda bo‘lamiz. Biz "Barsa"ni munosib joyga qaytarish uchun harakat qilyapmiz. Ammo bizning hozirgi holatimiz shu.

Chempionlar ligasiga chiqish uchun Evropa ligasida g‘alaba qozonishga harakat qilish kerak”, - dedi Xavi.

“Barselona” va “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs 17 fevral kuni, javob o‘yini esa 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!