Xavi O‘zbekiston o‘ynaydigan jahon chempionatida qaysi terma jamoa g‘olib chiqishini aytdi
Futbolchilik davrida Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Xavi Ernandes 2026 yilgi jahon chempionatida kim g‘alaba qozonishini taxmin qildi.
Xavi O‘zbekiston o‘ynaydigan jahon chempionatida qaysi terma jamoa g‘olib chiqishini aytdi
- Favoritlardan biri Ispaniya. Bu jamoa musobaqalarda raqobatbardosh ekanini namoyish qilib kelmoqda. Ispaniya Evropa chempionatida g‘olib chiqdi.
Men uchun Ispaniya va Argentina terma jamoalari navbatdagi jahon chempionati bosh sovriniga asosiy da’vogarlardir, - dedi Xavi Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi bo‘lajak mundialda chempionlik unvonini himoya qiladi. AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi debyutini nishonlaydi.



Fikrlar