Xavi saudiyaliklar Gyundog‘anni chaqirayotganiga munosabat bildirdi

  • 26.11.2023 13:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yoz “Barselona” o‘z safiga “Manchester Siti” sardori Ilkay Gyundog‘anni qo‘shib olgan edi. Endi Saudiya Arabistoni klublari germaniyalik futbolchini transfer qilishga urinayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Tecno

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes tajribali futbolchi atrofida bo‘layotgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

- Gyundog‘an Saudiyaga ketayotgani jiddiymi? Buni kimdir aytgan bo‘lsa kerak? Lekin nega Ilkay hozir Barselonadan o‘ziga uy qidirayotgan ekan?, - dedi Xavi Ernandes.

Eslatib o‘tamiz, Ilkay Gyundog‘anning o‘zi yaqinda kelajakda “Galatasaroy” uchun to‘p tepishni orzu qilishini, lekin hozir bor e’tiborini “Barselona”ga qaratayotgani haqida gapirgan edi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!