Xavi “Siti”da o‘ynagan futbolchini kutyapti

  • 5 yanvar, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati tarkibni yanada kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida “Jirona” sharafini munosib himoya qilayotgan Alesh Garsiyani o‘z tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Bosh murabbiy Xavi Ernandes 26 yoshli futbolchi yordamida maydon markazini kuchaytirishni mo‘ljallagan.

Alesh Garsiya ko‘pchilikning e’tiboriga “Manchester Siti”da o‘ynagan kezlari tushgan edi.

Yarim himoyachi “Jirona”ga 2021 yilning yozida ko‘chib o‘tgan. Ayni paytda uning transfer summasi 20 million evroga baholanyapti. Klub narxni tushirmoqchi emas. Kataloniyaliklar esa, transferga o‘z tarbiyalanuvchilarini qo‘shish orqali summani pasaytirishga urinyapti.

“Jirona” mutasaddilari “Barselona”ning bir necha tarbiyalanuvchisini kuzatib kelyapti. Biroq Garsiyaga belgilangan narxni arzonlatmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!