
Xavi: Xatolar tufayli o‘zimizni qiyin holatga soldik
Xavi "Barselona"ning "Valensiya" bilan (4:2) o‘yinidan qoniqish hosil qildi.
"Men bugungi o‘yindan mamnunman va qoniqish hosil qildim. Sababi, xatolar tufayli biz o‘zimizni qiyin holatga soldik. Individual xatolar bo‘ldi, ammo yaxshi tashkil etilgan o‘yin va yaxshi hujum tuzilishini namoyish etdik. Biz xotirjamroq o‘ynashimiz kerak.
Fermin juda yaxshi o‘ynadi. U bo‘sh zonalardan unumli foydalandi va ko‘p yugurdi. Biz imkoniyatlar yaratdik. Biroq bu kam. Umuman olganda, uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘ldi", - dedi "Barselona" ustozi.
Fikrlar