
Xavi yana ikki o‘yinchiga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘ydi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilar ro‘yxatini tobora kengayib bormoqda.
Ispaniyalik mutaxassis jamoani tark etishi kerak bo‘lgan yana ikki o‘yinchi nomini oshkor qildi. Unga ko‘ra, frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtiti va daniyalik hujumchi Martin Breytueyt o‘ziga yangi jamoa tanlashiga to‘g‘ri keladi.
Umtiti anchadan beri asosiy tarkibga kiritilmayapti. Tajribali himoyachi o‘tgan mavsum atigi bir bor maydonga tushdi.
Breytueyt esa, to‘rtta uchrashuvda ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Shunga qaramay, murabbiylar shtabi bu o‘yinchining xizmatiga ehtiyoj sezayotgani yo‘q.
Fikrlar