Xaviga Angliya superklubidan ish chiqdi

  • 17.12.2025 06:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyligini tark etganidan beri ishsiz yurgan Xavi Ernandes Angliya Premer-ligasida ish boshlashi mumkin.

Ispaniyalik mutaxassis “Chelsi”dan iste’foga chiqarilishi kutilayotgan Entso Mareskaning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Entso Mareska klub rahbariyati bilan chiqisha olmayotgani tufayli ularni matbuot orqali tanqid qilyapti. London klubi rahbariyati Entso Mareskaning oxirgi paytdagi xulq-atvori va munosabatidan norozi. Xususan, Mareska jamoani hamma ham qo‘llab-quvvatlamayotgani haqida bildirgan fikrlari klubda salbiy qabul qilingan.

45 yoshli Xavi 2021–2024 yillar oralig‘ida katalon klubini boshqargan. Ispaniyalik mutaxassis ishdan bo‘shatilganidan beri bo‘sh yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!