Xavining ilk transfer maqsadi Xitoy ligasida o‘ynovchi futbolchi

  • 07.11.2021 20:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubini qabul qilib olgan Xavi Ernandes tarkibni bir qator tajribali ijrochilar bilan kuchaytirmoqchi. 

Xususan, ispaniyalik mutaxassisning asosiy transfer maqsadi "Beyjin Guoan" sharafini himoya qilib kelayotgan Sedrik Bakambu hisoblanadi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar bermoqda. 

Kongolik futbolchi yanvar oyida "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Ayni damda "transfermarkt" portali uni 12 million evroga baholamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli forvardning amaldagi klubi bilan shartnomasi shu yil yakunida nihoyasiga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!