Xavining qarori bo‘yicha kutilmagan burilish!

  • 25.04.2024 00:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

So‘nggi soatlarda Ispaniya matbuotida Xavi haqida juda ko‘plab xabarlar tarqalgandi. Dastlab, ketishi kutilgan murabbiy yakunda jamoa bilan qoladigan bo‘ldi. 

Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyin Xavi Kataloniyani tark etish qarorini o‘zgartirmagandi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay tomonlar o‘rtasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va Joan Laporta ispaniyalik mutaxassisning fikrini o‘zgartirdi. 

Ayni paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xavi 2025 yilning yozigacha "Barselona"da ishlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!