Xayr, Al-Hilol”, xayr, “Santos”! Neymar yanvarda kutilmagan jamoaga o‘tadi

  • 26 oktabr, 2024, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol yulduzi Neymarning Saudiya Arabistonidagi faoliyati ko‘ngildagidek chiqmadi. 2023 yilning yozida PSJdan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tganidan keyin atigi beshta uchrashuvda ishtirok etdi xodos.

Tecno

Keyin Braziliya terma jamoasi safida og‘ir jarohat olib, bir yil to‘p tepmadi. Mana endi salomatligini tiklab yana futbol o‘ynashga tayyor.

Biroq Neymar bundan buyon ham “Al-Hilol”ga yordam bera olmasa kerak.

32 yoshli futbolchi qishki transferlar vaqtida “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tmoqchi. Bu haqda arab futbolini yoritayotgan jurnalist Toriq An-Navfal xabar tarqatdi.

 Uning ta’kidlashicha, amerikaliklar Neymar bo‘yicha birinchi rasmiy taklifini yuborgan va muzokaralar boshlangan.

“Inter Mayami” hujum chizig‘ida “Barselona”da porlagan Lionel Messi, Luis Suares va Neymar uchligini tashkil qilmoqchi. Buning uchun braziliyalik hujumchi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tsa bas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!