Xayrulla Hamidov: "Birinchi tur hammasini hal qiladi"
Tajribali futbol mutahassisi va sharhlovchi Xayrulla Hamidov Sports.uz saytinining "O‘zbekcha Futbol" podkasti davomida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining "Parij-2024" o‘yinlaridagi ishtiroki va qanday natijalar kutayotganligi haqida gapirdi.
- Ko‘p narsa kutayapman, lekin birinchi tur hammasini hal qiladi deb o‘ylayman. Aynan Ispaniyaga qarshi kechadigan bahsda g‘alaba kutmayapman.Sababi, turnir favoriti ispanlar hisoblanadi. Ushbu o‘yinda jamoamiz himoyaviy o‘yin ko‘rsatishi tarafdoriman.
Guruxdan 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda chiqamiz deb o‘ylayman. Ammo chorak finalda musobaqadagi yurishimizni yakunlasak ham, bu tarixiy natija bo‘ladi.., - dedi mashhur sharhlovchi.
Ushbu podkastning to‘liq shaklini "You Tube" sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/GzaCTFDz6ZQ?si=UdON3h2Zq5PtyrtD



Fikrlar