Xayrulla Hamidov: "Oq-tepa"ning o‘yini Pro-liganing barcha jamoalarinikidan ajralib turdi

  • 22 yanvar, 2021, 13:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist va sharhlovchi Xayrulla Hamidov saytimiz tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekcha futbol" loyihasida mehmon bo‘ldi. Tajribali jurnalist yaqinda "Mash’al" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Serxio Marinangellining "Oq-tepa"dagi faoliyatini e’tirof etdi:

Tecno

"Men "Oq-tepa" klubining o‘yinlarini ko‘p marotaba sharhladim. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, ushbu klub namoyish etgan o‘yin menga Pro-liganing barcha jamoalaridan ham ko‘proq yoqdi. Ispan mutaxassisining ta’siri o‘laroq, jamoa umuman boshqa darajadagi futbol o‘ynay boshlagandi. Quyi divizionimiz jamoalari qisqa paslar bilan o‘ynashni yoqtirmaydi. Marinangelli esa, Toshkent klubiga xuddi shu narsani singdirmoqchi bo‘ldi. 

Afsuski, futbolchilarning darajasi u yuklagan vazifalarni bajarishga etmadi". 

To‘liq ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!