
Xitoy klubi Manjukichga yiliga 9 mln evro maosh taklif qilmoqda
Xitoyning "Guanchjou Fuli" klubi "Yuventus" forvardi Mario Manjukichni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri muxbiri Nikolo Skira o‘zining Tvitterdagi sahifasida e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xitoyliklar 33 yoshli xorvatiyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma va yiliga 9 mln evro maosh taklif qilishmoqda.
O‘z navbatida “keksa sinora” Manjukichni 10 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Manjukichni Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritmadi. U joriy mavsum turinliklar safida birorta o‘yinda ishtirok etmadi.
Fikrlar