
Xitoyda jahondagi eng chiroyli stadionlardan biri qad rostlaydi (FOTO)
"Guanchjou Evergrand" klubi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion qurilishi ishlariga start berildi. Ushbu stadion Xitoydagi eng yirik arenalardan biri bo‘lishi rejalashtirilgan.
Ushbu arena o‘z bag‘riga 100 ming muxlisni sig‘dira oladi. Loyiha 2022 yil so‘nggida foydalanilishga topshirilishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu stadionga 1,56 milliard evro sarf qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida Guanchjou klubining bitta o‘yiniga muxlislar tashrifi o‘rtacha 50 mingtani tashkil qiladi.
Fikrlar