
Xokkey. "Humo-2" "Astana"ni tor-mor etdi
Toshkentning "Humo-2" jamoasi Nur-Sultonda mahalliy "Astana" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 6:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa "qanotlilar" hisobidagi ochkolar soni 36 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 11 jamoa orasida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Ertaga mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da esa mazkur jamoalar ishtirokidagi ikkinchi uchrashuv boshlanadi.
XK "Astana" (Nur-Sulton) - "Humo-2" (Toshkent) 1:6 (1:2, 0:1, 0:3)
0:1 - Serafimovich (Letov, Amirov) - 02:40
1:1 - Murashov (Nigay, Gabdullin) - 04:57
1:2 - Zubkovskiy (Golev, Kevlin) - 18:48 (son jihatdan ustunlikda)
1:3 - Sedov (Kevlin, Ekk) - 36:40
1:4 - Axmetyanov (Amirov, Popitich) - 49:38 (son jihatdan ustunlikda
1:5 - Mexonoshin (Bostanjiev, Golev) - 54:41
1:6 - Bostanjiev (Golev) - 57:17.
Fikrlar