Xoland Bernardu Silvani "eng aql­li futbolchi" deb atadi

  • 17.04.2026 15:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand jamoadoshi Bernardu Silvaning mavsum yakunida klubni tark etishi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq portugaliyalik yarim himoyachi joriy mavsumdan keyin "Manchester Siti"dan ketishini ma'lum qilgan edi.

"Bernardu, ehtimol, men birga o‘ynagan eng aqlli futbolchi. Uning so‘nggi to‘qqiz yilda "Manchester Siti"dagi faoliyatini aytsak, bu aql bovar qilmas darajada. U olti marta Premier-liga g‘olibi bo‘ldi, Chempionlar ligasini yutib oldi. Trebl mavsumida uning klub uchun qanchalik muhim bo‘lganiga qarang", — dedi Holand Sky Sports News’ga bergan intervyusida.

Norvegiyalik hujumchi ta'kidlashicha, Silva so‘nggi yillarda "Manchester Siti"ning eng muhim figuralaridan biri bo‘lib, klubning shakllanishida katta rol o‘ynagan.

Joriy mavsumda 31 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!