Xoland bittada Messining ikkita rekordini urdi
“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand “Pari Sen-Jermen”ga qarshi uchrashuvda (2:4) Chempionlar ligasining ikkita rekordini o‘rnatdi.
Bu haqida Actu Foot ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida xabar berdi.
Holand Chempionlar ligasi tarixida 60 ta gol chegarasiga eng tez yetgan futbolchiga aylandi. U bu natijaga erishish uchun 60 ta uchrashuv o‘tkazdi. Avvalgi rekordchi Lionel Messi esa 60 ta gol urish uchun 80 ta o‘yin sarflagan.
Bundan tashqari, Holand Chempionlar ligasida 60 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. U bu ko‘rsatkichga 26 yoshu 85 kunligida erishdi. Messi esa 60-golini urganda 26 yoshu 86 kunlik bo‘lgan. Demak, Holand ushbu natija bo‘yicha Messining rekordini bir kunga yangiladi.
Umumiy bosqichning uchinchi turida “Manchester Siti” 20 oktyabr kuni Gretsiyaning AEK jamoasi bilan uchrashadi. PSJ esa shu kuni “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar