Xoland Chempionlar ligasida “dahshatli” rekord o‘rnatdi
“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich to‘rtinchi turida o‘z maydonida Dortmundning “Borussiya” jamoasini qabul qilib, raqib ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.
“Shaharliklar”ning gollaridan ikkitasini Fl Foden, bittadanini Erling Xoland va Rayan Sherki kiritdi. Dortmundliklarning yagona javob golini Valdemar Anton kiritdi.
Bu uchrashuv Xoland uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. 25 yoshli hujumchi qit’aning eng nufuzli musobaqasida uchta jamoa uchun qatorasiga beshtadan o‘yinda gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
Bu haqda Squawka statistika markazi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lumot tarqatdi.
Erling Xoland ilgari 2019-2020 yilgi mavsumda Avstriyaning “Zaltsburg” va 2020-2021 yili Dortmundning “Borussiya” jamoasida o‘ynagan davrlarda ham Chempionlar ligasining ketma-ket beshta uchrashuvida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Norvegiyalik to‘purar “Manchester Siti”da 2022 yilning yozidan beri o‘ynab kelmoqda. “Shaharliklar” bilan 2034 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar