Xoland ham rekord o‘rnatishni biladi

  • 19.04.2022 11:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland Bundesliganing navbatdagi turida “Volfsburg” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining 6:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Bu gollar norvegiyalik futbolchining rekord o‘rnatishiga asos bo‘ldi.

Xoland Bundesligaga kelganidan beri 63 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 58 marotaba ishg‘ol qildi va bu natija rekord ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Xoland Dortmund klubiga 2020 yilning yanvarida olib kelingan. Joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta o‘yin o‘tkazgan 21 yoshli hujumchi raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga ettita golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!