Xoland hech kim uddalay olmagan ishni qildi

  • 22 yanvar, 2023, 21:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Vulverxempton” o‘rtasidagi uchrashuvda Erling Xoland tarixiy natija qayd etdi.

Bellashuvda raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan norvegiyalik hujumchi eng tez to‘rtta xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi.

Statistikaga ixtisoslashgan Opta Sport portalining ma’lum qilishicha, Xolandga bu natijani o‘rnatish uchun atigi 19 ta uchrashuv kifoya qildi.

Avvalgi rekord Ruud van Nistelroyga tegishli bo‘lib, niderlandiyalik to‘purar “Manchester Yunayted”da o‘ynagan kezlari to‘rt marotaba xet-trikka erishish uchun 65 ta o‘yinda maydonga tushgandi.

Shuningdek, “Liverpul” vakili Luis Suares bu natijaga 81 ta, “Nyukasl” to‘purari Alan Shirer 86 ta o‘yinda erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!