Xoland "Manchester Siti"ga o‘tsa, Ronalduni dog‘da qoldiradi

  • 19 aprel, 2022, 20:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund futbolchisi Erling Xoland katta ehtimol bilan yozda "Manchester Siti" a’zosiga aylanadi. APLning amaldagi chempioni norvegiyalik goleadorni xarid qilish uchun hamma narsaga tayyor.

Tecno

"BBC Sports" nashrining xabar berishicha, agar Xoland Manchester klubining taklifiga rozilik bildirsa, u APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. "Shaharliklar" Erlingga haftasiga 500 ming funt sterling maosh taklif qilmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ayni payt APLda eng ko‘p daromad qiladigan futbolchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. U haftasiga 480 ming funt ishlab topadi. 

Kuchli uchlikka Kevin De Bryuyne (385 ming funt) va David De Xea (375 ming funt) yakun yasagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!