Xoland rekordlar haqidagi savollarga javob berdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliyadagi to‘purarlik rekordlarini haqidagi savollarga javob berdi.
"Mening "Manchester Siti" bilan uzoq muddatli shartnomam bor. Bu erda futboldan zavqlanyapman. Jamoada juda sifatli sheriklarim bor. Shuning uchun, gaplarimga e’tiborliroq bo‘lsangiz, javobimni tushunasiz. Biroq kamtarroq bo‘lish, o‘yindan o‘yinga o‘sish va barcha o‘yinlarga bir xil yondashish kerak", - dedi norvegiyalik strayker.
Eslatib o‘tamiz, Xoland APLning 112ta uchrashuvida 100 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Turnirning eng yaxshi to‘purari esa Alen Shirer. Uning hisobida 260ta gol mavjud.



Fikrlar